Germaniyaning tog`li Zibergebirge viloyatida kichik samolyot halokatga uchradi.
Bu haqda Evropa haqiqati nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, halokat Bonn shahridan uncha uzoq bo`lmagan joyda, o`rmon ichida ro`y bergan.
Buning oqibatida ikki kishi halok bo`lgan. Samolyotda necha nafar uchuvchi bo`lganligi borasida ma`lumot berilmagan.
Hozirda voqea joyida surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Izzatbek ABDUVAHOBOV