"UzAuto Motors” AJ “Zomin-Avtosavdo” MChJ bilan dilerlik kelushuvidagi bir qator qoidabuzarliklar sabab shartnomani bekor qilganligini ma`lum qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“UzAuto Motors” AJ tomonidan Jizzaxda joylashgan “Zomin-Avtosavdo” MChJda o`tkazilgan monitoring natijasida Diler korxonasi tomonidan tizimli ravishda xato va kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi hamda dilerlik kelishuvining qator bandlari qo`pol ravishda buzilganlik holatlari aniqlangan.
“Zomin-Avtosavdo” MChJ va mijozlar o`rtasida tuzilgan shartnomalar bo`yicha Dilerning mijozlar oldidagi majburiyatlarini Kompaniya o`z vaqtida va to`liq bajarilishini kafolatlaydi.
Ma`lum qilinishicha, kompaniya Dilerlik tarmoqlari faoliyatida yo`l qo`yilayotgan kamchilik va qoidabuzarliklarni aniqlashda davom etadi.
Agarda dilerlik markazlari tomonidan avtomobil xarid qilish bog`liq jarayonda qo`shimcha pul talab qilinsa, sizdan kompaniyaning “call-center” raqamiga - 78 141 77 77 murojaat qilish so`ralmoqda.






