AsosiyJamiyat

Xalqaro media xollda ekologik partiya vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

'Xalqaro media xollda ekologik partiya vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi'ning rasmi

Ushbu partiya ilk bor prezidentlik saylovida ishtirok etmoqda.

 O`zbekiston elektron ommoviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tashabbusi bilan saylov jarayonlaridan dunyo hamjamiyatini tez va xolis xabardor qilish maqsadida Xalqaro media xoll tashkil etildi.

18-oktyabr kuni Xalqaro media xollda O`zbekiston Ekologik partiyasi vakillari jurnalistlar bilan uchrashuv o`tkazdi. Ular mamlakatimiz bo`ylab amalga oshirilayotgan targ`ibot-tashviqot tadbirlari, saylovchilar bilan uchrashuvlar haqida batafsil ma`lumot berdi.

Shu kunga qadar Ekologik partiya vakillari tomonidan 200 dan ortiq targ`ibot tadbirlari o`tkazildi. Unda 500 dan ortiq turli tadbir va aksiyalar tashkil etildi.

Eslatib o`tamiz, O`zEOAVMAning Xalqaro media xollida o`tkaziladigan tadbirlar 26-oktyabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar