AsosiyDunyo

"Tolibon” o`z safini tozalashga kirishdi

'"Tolibon” o`z safini tozalashga kirishdi'ning rasmi

Afg`onistonda hukumatini qo`lga olgan “Tolibon” poraxo`r hamda nopok odamlardan tozalash bo`yicha ichki ishlar va mudofaa vazirliklarining qo`shma komisiyasi o`z ishini boshladi. Bu haqda mamlakat axborot va madaniyat vazirining o`rinbosari Zabihulla Mujohidga tayanib RIA Novosti ma`lum qildi. 

Ma`lumot uchun, Afg`oniston ishchi ishlar vazirligi vakili Said Xostiy “Tolibon” tomonidan tayinlangan muvaqqat hukumat o`z safini poraxo`r va nomunosib odamlardan tozalash (qarindoshlari yordamida lavozimni egallagan, jinoyatchilar, mahalliy aholi yoqtirmaydigan amaldorlar, o`tmishda katta jinoyatlar qilgan) bo`yicha komissiyani tashkil etayotganini ma`lum qilgan. 

“Bosh razvedka boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va ichki ishlar vazirligi tomonidan tuzilgan qo`shma komissiya  Islom Amirligi vazirlarining buyrug`i bilan “yomon va nomunosib” odamlardan tozalash ishlariga kirishdi”, - dedi Mujohid.

      Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar