AsosiyJamiyat

IIV Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarining tarqalishiga qarshi Dasturning ekspertlari bilan uchrashdi

'IIV Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarining tarqalishiga qarshi Dasturning ekspertlari bilan uchrashdi'ning rasmi

23 oktyabr` kuni O`zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida vazirlik vakillarining Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarining tarqalishiga qarshi Dasturining 7-bosqichi (CADAP-7) ekspertlarining delegasiyasi bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi – dasturning yangi bosqichini muhokama qilish hamda CADAP-7 doirasida taraflarning bu boradagi qiziqishi va ahamiyatlik darajasi to`g`risida maslahatlashishdan iborat edi.

Tadbir chog`ida CADAP-7 loyihasi rahbari Evropa tarafi dasturni amalga oshirish doirasida Markaziy Osiyoning huquq tartibot idoralari bilan konstruktiv dialog o`rnatish niyatini alohida ta`kidlab, ularning salohiyatini oshirishga to`htalib o`tdi. Shuningdek uning ta`kidlashicha, Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda giyohvand moddalar kontrabandasiga qarshi kurashishning turli jabhalarida O`zbekistonning etakchi tajribalarini o`rganishdan manfaatdor.

Uchrashuv natijalariga ko`ra, tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun bu yo`nalishdagi o`zaro hamkorlikni davom ettirishlarini ta`kidlab o`tdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar