1

“Muhabbat tafti”: Jinoyat fosh bo`ldi. Shyam qotil?!

SUG'DIYONA 18.04.2016, 16:57
Teglar: Muhabbat, Serial
“Muhabbat tafti”: Jinoyat fosh bo`ldi. Shyam qotil?!

Asabiylashgan vaqti jalebi shirinligini tayyorlaydigan Kxushi hayotda ham pazandami? Jurnalistlarning ushbu savoliga aktrisa Sanayya Irani «jalebini maza qilib paqqos tushiraman, lekin tayyorlashga no`noqroqman-da» deya javob berdi. Sahifa so`ngida «Muhabbat  tafti» ning o`sha mashhur shirinligi resepti bilan tanishtiramiz. Voqealar rivoji-chi, deysizmi? Xavotirlanmang bu haqda ham unutganimiz yo`q. 

•  Nandkishor, Shyamning xonasiga yashirin kamera o`rnatadi. Suratga olingan tasvirda Shyamning siri fosh bo`ladi. Maxfiy so`z «Men seni sevaman Kxushi».
•  Leptopdagi maxfiy so`z kiritilgach, ma`lum bo`lgan  vasiyatnoma butun oilani oyoqqa turg`azadi. Bu orada Kxushi, Shyamdan Anjali bilan ajrashishini so`raydi. Ularning suhbatiga guvoh bo`lgan Manorama bu xabarni Anjaliga etkazadi.
•  Kxushi, Arnav ushlab turilgan mehmonxonadan chek oladi. Anjali Manoramaning so`zlariga ishonmaydi. Shyam, Kxushi va Nankishorining hiylasidan xabar topadi. 
•  Anjali, Manoramaning fikrini o`zgartirishga harakat qilayotgan vaqtda, Shyam, Kxushi Aranavni izlayotganidan voqif bo`ladi. Kxushi, Arnav bandi qilingan joyni aniqlaydi. Binoga kirishda uni Shyam qo`lga oladi. 
•  Arnav ko`zdan g`oyib bo`ladi. Shyam, Kxushini mashinasiga majburlab o`tkazadi. Arnav Shyamning izidan tushadi. Uning o`zini esa jinoyatchilar guruhi ta`qib qiladi. Shyam, Kxushini mashinadan tushirib qoldiradi. Yo`lda uni Arnav topib oladi. Qizning qo`l – oyoqlarini bo`shatayotganida jinoyatchilar ikkisiga ham hamla qilishadi. Kxushi ariqqa yiqiladi. 
•  Kxushi, jinoyat boshida Shyam turganini ma`lum qiladi. Anjali, Shyamning yaralanganini ko`radi, biroq eri yolg`on so`zlab, suhbatdan qochadi. Kxushi va Arnav tan jarohatlari bilan uyga qaytishadi. Ularni Manorama kutib oladi. 
•  Kxushi, Shyamning jinoyatini fosh qiladi. Shyam o`zini oqlab, isbot so`raydi. Anjali erining qabih ishlariga ishonmay turganida, Nankishorening tashrifi haqiqat yuzaga chiqishiga sabab bo`ladi. 
•  Oiladagilarning fikri ikkiga bo`linganida Nankishore ruchka uzatmasi va vasiyatnoma haqida so`z ochadi. Buni eshitgan Shyam uzatmani yashirishga urinadi. Anjali sodir bo`layotgan voqealardan hayratda.
•  Shyam, Kxushini ayblab «u menga xushomad qilib, yo`ldan ozdirmoqchi bo`ldi» deydi. Payyal, Shyam o`zini sartarosh deb tanishtirgani, Kxushiga og`iz solgani va unashtiruv marosimi haqida so`zlab beradi. Shyam dalil keltirishni so`raydi. Shundan so`ng Arnav va Shyam mushtlashishadi. 
•  Arnav Shyamni uydan quvib chiqargach, Anjali hushidan ketadi. Shyamning asl qiyofasi fosh bo`lganiga qaramay Anjali eshitganlariga ishomaydi. Arnav ikkisi gaplashmay qo`yishadi. Payyal Kxushiga ishonishlarini so`raydi. 
•  Shyam haqida bilganlarini yashirgani uchun Akash Payyaldan xafa bo`ladi. Nani, Anjalining ahvolidan xavotirga tushib, Kxushiga undan uzoqroq yurishni tayinlaydi. 
•  Arnav, Kxushiga dalda beradi. Anjali barchani havotirga qo`yib, uydan qochib ketadi. Uning maqsadi bolani oldirish. Nani va Manorama, Kxushini siquvga olib, tanbeh berishadi. Anjalining ortidan chiqqan Arnav, to`g`ri kasalxonaga yo`l oladi. 
•  Shifokorlar abortni rad etishgach, Anjali homiladan qutulish payiga tushadi. Arnav uni fikridan qaytarmoqchi bo`ladi. Rayzadlar oilasining boshiga tugan ishlarda Manorama, Kxushi va Payyalni aybdor deb ataydi. Anjali, Shyamni uyga qaytarishni so`rab, Arnavga murojaat qiladi. 
•  Bo`lib o`tgan ishlarda o`zini aybdor bilgan Kxushi uydan ketishini aytadi. Agar shunday qilsang, Payyalning to`yi bo`lmaydi deb Arnav shart qo`yadi.

Sharhlar

Shavkat Komilov suratga olish jarayonida aktrisani o`ldirib qo`yishiga bir bahya qoldi (video)

05.11.2019, 00:13

“Yolg`izlar”, “Ko`z yoshim”, “Dard” kabi o`n beshdan ziyod filmlari orqali tanilgan aktyor Shavkat Komilov ishtirokida video  tarqaldi...Unda aktyor, portnyori Aziza Yoqubovani chin ma`noda o`ldirib qo`yishiga...
​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI

11.07.2017, 14:37

Freeform kanali va Marvel Television “Yangi jangchilar” serialidagi bosh qahramon roli ijrochilarini topdi, deb yozadi “Anons.uz”. Yangi serialda bosh qahramonni asli o`zbekistonlik bo`lgan 30 yoshli...
​HINDChA MUHABBAT

21.06.2017, 16:08

Xalqimga yordam kerak, uning dardlari ko`pTest sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan Ozod poytaxtdagi eng nufuzli tibbiyot instituti talabasiga aylandi. O`qishga yangi qabul qilinganlarni tabriklash marosimi hashamatli zalda...
​Sevib qolgan o`smirga qanday munosabat bildirish kerak?

16.06.2017, 10:54

— Yoshim o`n beshda. Sinfdosh yigitim bilan bir-birimizga ko`ngil qo`yganmiz. Yaqinda onam bilib qolib, meni urishib berdi. Dadam ham bundan xabar topib, «U bolaga bermaymiz,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1