"O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta`minlashga qaratilgan qo`shimcha kiritish to`g`risida"gi Qonun (O`RQ–725-son, 25.10.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 31 dekabrgacha bo`lgan davrda go`sht (mol, qo`y, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so`yishdan olinadigan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizasiya qilish bo`yicha aylanma, shuningdek ularni O`zbekistonga olib kirish qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilinadi.
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






