AsosiyJamiyat

Yulduz Usmonova Yo`lchi Ro`zievga achchiq qilib, "Xasta bo`lma" qo`shig`ini "o`ldirdi"

'Yulduz Usmonova Yo`lchi Ro`zievga achchiq qilib, "Xasta bo`lma" qo`shig`ini "o`ldirdi"'ning rasmi

Joriy yilning 1 noyabr kunidan boshlab Yulduz Usmonovaning "Xasta bo`lma" qo`shig`i ijtimoiy tarmoqlardan o`chirib tashlanadi va televidenie hamda radio orqali ham eshittirilmaydi.

Bu haqda O`zbekiston Xalq artisti o`z Instagram-sahifasida ma`lum qildi. Xonandaning yozishicha, Yo`lchi Ro`ziev she`ri bilan aytilgan ushbu qo`shiq o`rniga mutlaqo boshqa she`r bilan qaytadan Usmonovaning o`zi tomonidan ijro etiladi.

Shuningdek, san`atkor o`z muxlislaridan ham ushbu taronani o`zlari joylashtirgan ijtimoiy tarmoqlardan o`chirib tashlashni so`ragan.

Eslatib o`tamiz, Yulduz Usmonova shoir bilan bo`lgan sudda yutqazib, unga sudning qarori bilan 185 million so`m jarima yozilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar