AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura nisbatan ochilgan sud ishi yuzasidan ma`lumot berildi

'Bosh prokuratura nisbatan ochilgan sud ishi yuzasidan ma`lumot berildi'ning rasmi

Avvalroq, O`zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi prokurori lavozimida ishlab kelgan Samir Rahmonov 26 aprel kuni 33 yoshida vafot etgant haqida xabar bergandik. Shundan so`ng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaevga marhum xodimning otasi unga murojaat qilib, o`g`li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etgani, to`rt nafar voyaga etmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to`lab berilmayotganini bildirgani to`g`risida xabar bergan edik.

Bugun, 2 noyabr kuni holat yuzasidan Toshkent shahar sudi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

Unda aytilishicha, marhum Samir Rahmonovning otasi A.Rahmonov Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudiga javobgar Bosh prokuraturasiga nisbatan farzandi vafoti munosabati bilan ish joyidan nafaqa puli undirish haqidagi da`vo arizasi hamda ma`naviy zararni undirish to`g`risidagi qo`shimcha da`vosi bilan 3 avgust kuni murojaat etgan.

Fuqarolik ishi sud majlisida ko`rib chiqilishi 24 avgust kuniga tayinlangan. Shu kungi sud majlisida taraflar va ularning vakillari ishtirok etib, o`z vajlarini keltirib, da`vogar tomonidan ma`naviy zarar undirish to`g`risida qo`shimcha da`vo talabi kelib tushgan. Mazkur qo`shimcha da`vo yuzasidan fuqarolik ishi doirasida Bosh prokuratura tomonidan hujjatlar taqdim etilishi, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi hamda mehnat huquq inspektorini uchinchi shaxs sifatida jalb etilishi sababli sud majlisi 6 sentyabrga qoldirilgan.

Shu kungi sud majlisida mutaxassis sifatida jalb etilgan byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi Yashnobod tuman bo`limi vakili va mehnat huquq inspektori kelmagani sababli sud majlisi 17 sentyabrga qoldirilgan. Sudning 17 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan A.Rahmonovning da`vosi va qo`shimcha da`vo arizasi rad qilingan. Da`vogar mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo`lib, sudga apellyasiya shikoyati kiritgan.

Bayonotda ma`lum qilinishicha, ushbu shikoyat Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay`atida ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar