AsosiyJamiyat

O`zbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatini reklama qilayotgan 10dan ortiq saytga kirish cheklandi

'O`zbekistonda totalizator va bukmekerlik faoliyatini reklama qilayotgan 10dan ortiq saytga kirish cheklandi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi matbuot kotibi Mohruxsor Tog`aeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.  

Qayd etilishicha, Agentlik tomonidan joriy yilning o`tgan davri mobaynida 19  mingdan ziyod o`rganishlar o`tkazilgan bo`lib, shundan 10 ming holatda turli kamchiliklar aniqlangan va ularni tezkor bartaraf etish choralari ko`rildi. Xususan, o`tkazilgan o`rganishlar natijasiga ko`ra, 168ta holatda totalizator va bukmekerlik faoliyati reklama qilinganligi aniqlangan va ularning barchasi bartaraf etilgan.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va AOKA hamkorligida amalga oshirilgan choralar tufayli 10dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish cheklab qo`yildi. 

    Boshqa yangiliklar