1

Ayollarning erkaklar haqidagi 4 xato fikri

SUG'DIYONA 21.04.2016, 11:21
Teglar: Ayol, Erkak, Er-xotin
Ayollarning erkaklar haqidagi 4 xato fikri

“Men o`zimga dushman emasman” degan fikrda uylangan, hali hech kim daho deb tan olmagan,  omadsiz erkak bilan aloqa qilishni istamaysiz. Bu juda maqtovga loyiq odat. Hech qachon bu fikringizni o`zgartirmang, chunki bundan sizga ham o`sha munosabatlarga ham hech qanday foyda bo`lmaydi, deydi “Lady.mail.ru” nashri.

Birinchi xato fikr: “Undan yaxshisini topolmayman”

Psixologlarning fikricha, o`ziga ishonmagan, hayotida yuz beradigan xatolar mas`uliyatini birovlarning bo`yniga ortadigan  ayolgina shunday qarorga keladi. Bu tarzda qurilgan turmush muhabbat emas, qo`rquvga asoslanadi. Axir biror narsani xato qilib qo`yadigan bo`lsa, ayol yolg`iz qolishdan qo`rqadi va erining haqoratlariga, zulmiga, loqaydligiga ko`nib yashayveradi.

Nima qilish kerak?  Bu kamchilikdan qutulish uchun ayol o`ziga past baho bermasligi va hurmat qilishi lozim. Hayot oqimida yolg`iz suzishdan qo`rqmasligi kerak. Bunga o`zi mehnat qilib, pul topish ham kiradi.

Ikkinchi xato fikr: “Erkaklarga faqat jinsiy yaqinlik muhim”

Ayollar aynan shu fikr bilan yashovchi erkakka duch kelganda shunday xayolga borishadi. Aslida erkak kishi uchun nafaqat jismoniy yaqinlik, balki ruhiy yaqinlik ham katta ahamiyatga ega bo`ladi.

Nima qilish kerak? Hamma erkaklar haqida yuqoridagi fikrga borishni bas qilish lozim. Ularning ham his-tuyg`ulari borligini unutmaslik kerak.

Uchinchi xato fikr: “U mensiz yashay olmaydi”

Ayolning bu fikriga qo`shilgan erkak “Ha, men sensiz yashay olmayman”, degancha xotirjam divanga cho`kadi va osongina o`zining burchini sizning bo`yningizga ilib qo`yadi. U shu o`tirgancha, divandan turishni istamay qoladi, biror narsaga qo`l urmoqchi bo`lsa, xato qilishdan, yiqilishdan, adashib qolishdan qo`rqadigan bolakayga aylanadi. Bu paytda esa rafiqasi elib-yugurib, ham ayollik, ham erkaklik vazifalarini bajarayotgan bo`ladi. Hech qachon erkak kishiga yosh bolaga qaraganday qaramaslik kerak. Vaqti-soati kelib, ayol bunday munosabatlardan charchaydi, o`ziga “Nima uchun faqat men elib-yugurishim kerak?” degan savolni beradi. 

Nima qilish kerak? Vaziyatdan chiqish uchun ayol avvalo erkakka yosh bola deb emas, aqli-hushi joyida, katta odam deb qarashi lozim. Uning ojiz tomonlarini emas, balki qobiliyatini, iste`dodini ham ko`ra olishi, aynan eri hal qila olishi mumkin bo`lgan muammolar echimi bo`yicha maslahat va yordam so`rashi lozim bo`ladi.

To`rtinchi xato fikr: “U o`zgaradi”

Ayollar nimagadir to`ydan keyin turmush o`rtog`ining o`zgarishiga ishonib yashashadi. Bunga umid qilish nafaqat befoyda, balki adolatdan emas. Jinsidan qat`i nazar, har bir insonning o`z xohish-istaklari, qiziqishlari bo`ladi. Agar to`ydan keyin ayol eriga “Meni rostdan ham sevadigan bo`lsangiz, o`zgarishingiz lozim”, deydigan bo`lsa, “Agar sen meni sevadigan bo`lsang, qanday bo`lsam, shundayligimcha sev!” degan javobni eshitadi.

Nima qilish kerak? Muhim savollarga javobni munosabatlar chuqurlashmasdan ilgari topish lozim. Ayol to`ydan avval bo`lajak turmush o`rtog`i bilan bu masalani muhokama qilishi, ba`zi odatlarini tashlashi lozimligini tushuntirishi va kelishishi lozim bo`ladi. Dunyoda ideal odam yo`q, bundan ayol ham mustasno emas. Hukmronlik, zo`rlik asosida oila qurib bo`lmaydi. “To`ydan keyin o`zgartirib olaman”, degan fikrni xayoldan chiqarib, uni qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilishga o`rganing.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1