“Tolibon” xarakati mamlakatda yuzaga kelgan og`ir iqtisodiy vaziyat tufayli muomalada bo`lgan xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda harakat vakili Zabihulloh Mujohid ma`lum qildi.
“Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va milliy manfaatlar barcha afg`onlar faqat Afg`oniston valyutasidan foydalanishni talab qiladi. Islom Amirligi barcha fuqarolar, jumladan, do`kon egalari, tadbirkorlar moliyaviiy operasiyalarda afg`on valyutasidan foydalanishda davom etishini va chet el pul birligidan voz kechishni buyuradi”, - deya xabar bergan Mujohid.
Ma`lum qilinishicha, qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi.