AsosiyJamiyat

Andijonda 2ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

'Andijonda 2ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Shahrixon tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.

Joriy yilning 3 noyabr kuni soat 14:05 larda Andijon viloyati, Shahrixon tumani, "Axmadbek" qishlog`i hududidan o`tuvchi avtomobil yo`lida haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan A.M. "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarayotib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi natijasida, haydovchi, 1979 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvida bo`lgan "Labo" rusumli avtomobil bilan to`qnashgan.

YTH natijasida "Labo" haydovchisi M.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan hamda ushbu avtomobil yo`lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar