AsosiyJamiyat

Telegram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga ulanish tiklanadi. "O`zkomnazorat" rahbari ishdan olindi

'Telegram, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga ulanish tiklanadi. "O`zkomnazorat" rahbari ishdan olindi'ning rasmi

O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning qaroriga asosan Axborotlashtirish va telekommunikasiyalar sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi («O`zkomnazorat») boshlig`i G`olibsher Ziyaev noto`g`ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati «Daryo»ga ma`lum qildi.

"Hukumat ko`rsatmasiga asosan ‘O`zkomnazorat’ tomonidan bir yoqlama, uzoqni o`ylamay qilingan harakat haqida Prezident xabar topdilar. O`ylaymanki, tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi", — deya xabar berdi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

    Boshqa yangiliklar