AsosiySUG'DIYONA
6589

40 yoshda hayot endi boshlanadi...

Hechdan ko`ra kech bo`lsa ham yangitdan hayot boshlashga harakat qiling 

“Hech kim sizga o`zingizchalik g`amxo`rlik qilolmaydi”, deydi “Gazeta.ru” nashri va hechdan ko`ra kech bo`lsa ham yangi hayotga qadam qo`yish sirlari bilan o`rtoqlashadi.

Bizga ba`zida ilhom, ba`zida esa dangasalikni engish kerak bo`ladi. Oldimizga qo`ygan vazifalarni bajarganimiz uchun o`zimizni-o`zimiz taqdirlab turishimiz lozim. Sizni har doim kimdir “Sen zo`rsan!”, “Buni bajara olasan!” deb ishontirib turishi shart emas. Barcha qo`rquvlarni, ishonchsizliklarni engib, mustaqil ravishda biror yutuqqa erishishga harakat qiling. Hech qachon vaqt o`tdi, endi kech bo`ldi deb o`ylamang.  

Yoshingizni to`g`ri qabul qiling

“Ertalab tongda yosh, chiroyli, kuch-quvvatga to`lgan, barcha tashvishlarni, begonalarning fikrini unutgan holda uyg`onishni kim istamaydi deysiz? O`rta yoshli insonlar uchun bu gaplar ushalmas orzuday tuyuladi, – deydi Garvard va Nyu-York universiteti o`qituvchisi, “Hechdan ko`ra, kech” kitobi muallifi Barbara Sher.– Ammo sizni kelajakda katta o`zgarishlar kutmoqda. Siz yangi hayot ostonasida turibsiz. Bu hayotingizning ilgarigi 40 yillik umringizdan tubdan farq qiladi va uni ishonch bilan ikkinchi hayot deb atash mumkin. Bu hayot ilgarigi hayotingizdan tubdan farq qiladi”.

Uning fikrini amerikalik psixiatr Morgan Skott Pek ham tasdiqlaydi. Uning aytishicha, ko`pchilik bu yoshdagi krizisni o`tkazishga tayyor bo`lmaydi. Ular faqat o`tmish xotiralari bilan yashashga o`rganib qolishadi.

Olg`a intilishga harakat qiling

Vaqtni to`xtatish haqidagi fikringizdan voz keching. Ba`zi birovlar tashqi qiyofasini yoshartirishga urinib, 40 yoshida 20 yoshliday ko`rinishga harakat qiladi. Ammo bu bilan vaqtni to`xtatib bo`lmaydi. Yangicha yashashga, biror qiziqarli mashg`ulot bilan shug`ullanishga harakat qiling. Qo`rquvni unuting, agar olg`a harakat qilmasangiz, payti kelib bunga ham afsuslanasiz. 

Yangi odatlarni shakllantiring

1. Gaplashishga ikkilanayotgan odamingizga qo`ng`iroq qiling.2. O`ylaganingizdan ko`ra ertaroq turishga harakat qiling.
3. Ko`proq hadya qiling, evaziga hech nima kutmang.
4. Boshqalardan mehribonchilik kutmasdan, ularga g`amxo`rlik qiling.
5. Yarador bo`lib, qonga botsangiz ham kurashdan to`xtamang.
6. Ehtiyot bo`lish tavsiya etilganda ham, tavakkal qilishdan qo`rqmang.
7. Orqangizdan hali hech kim ergashmagan bo`lsa ham, etakchilikni qo`ldan bermang.
8. O`zingizga ko`proq e`tibor bering, buni boshqalardan kutmang.
9. Savollaringizga javob topolmaganda axmoq bo`lib ko`rinishdan qo`rqmang.
10. Ba`zi bir mayda-chuyda tafsilotlarga darrov qo`l siltashga shoshilmang, ularga diqqat-e`tiborli bo`ling.
11. Bahonai-sabab ko`p bo`lsa ham, har qanday ishni oxiriga etkazib, biror natijaga erishishga harakat qiling.
12. Boshqalarning fikriga qo`shilsangiz ham, shaxsiy fikringiz bo`lsin.
13. Xato qilishdan qo`rqmang.
14. Xato qilsangiz, to kutilmagan natijaga erishmaguncha, to`xtamang.
15. Nafasingiz tiqilib qolsa ham yugurishdan to`xtamang.
16. Sizga yomonlik qilgan odamdan ham mehringizni, yaxshiligingizni ayamang.
17. Bajarishning imkoni yo`qday tuyulgan ishlarni bajarishga qo`l urishdan qo`rqmang.
18. Ishlaringiz yurishmagan paytda ham harakatlaringiz uchun javob bering.
19. Oldingizda uchragan to`siqlarga qaramay, olg`a intiling. Hech qachon qiynaldim, deb ortga qaytmang!

Boshqa yangiliklar