AsosiySiyosat

Istanbulda O`zbekiston va Qirg`iziston prezidentlari “Xitoy – O`zbekiston” temir yo`lini qurishni muhokama qildi

'Istanbulda O`zbekiston va Qirg`iziston prezidentlari “Xitoy – O`zbekiston” temir yo`lini qurishni muhokama qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 noyabr kuni tongda Istanbul shahrida o`tayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida o`ziga ajratilgan qarorgohda Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, davlat rahbarlarining joriy yil mart oyida Toshkentda o`tgan uchrashuvi chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik barqaror sur`at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, aviaqatnovlar ko`paymoqda. Mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, qishloq xo`jaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan yangidan tashkil etilgan Qo`shma investisiya jamg`armasi resurslarini jalb qilgan holda istiqbolli kooperasiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Madaniy almashinuvlar kengaymoqda, muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

“Xitoy – Qirg`iziston - O`zbekiston” temir yo`lini qurish loyihasini jadal ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar