Bugun, 12 noyabr kuni Istanbul shahrida Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko`tarish marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Prezident Matbuot xizmati.
Marosimda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Tantanali ravishda O`zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg`iziston, Qozog`iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko`tarildi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish muhim ekangini ta`kidladi hamda ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim o`rin tutishiga umid bildirdi.
Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.






