Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Dilfuza Ismoilovaga nisbatan fuqaro Mirsaid Haydarov tomonidan tahdid bo`layotganligi to`g`risida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan IIV Axborot xizmati rahbari Sh.K.G`iyosov ma`lumot berdi.
Mazkur holat Toshkent shahar IIBB Xotin-qizlar masalalari bo`limi tomonidan nazoratga olingan bo`lib, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.
Holat to`liq o`rganilib, vaziyatga huquqiy baho beriladi hamda jamoatchilikka qo`shimcha ravishda ma`lumot taqdim etiladi.






