1

Prezident tibbiyot sohasi vakillarini mukofotladi

Jamiyat 13.11.2021, 20:45
Prezident tibbiyot sohasi vakillarini mukofotladi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir qanchasini mukofotladi. 

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, sog`liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish borasidagi ko`p yillik samarali mehnati, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng joriy etish, tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, jamiyatda sog`lom turmush tarzini mustahkamlashga qo`shgan munosib hissasi, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sharoitida professional burchini sidqidildan ado etib kelayotgani, chuqur bilim va yuqori malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash yo`lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:   

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Yusupov Azamat Farxadovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Abdullaeva Ibodat Babajanovna    -    Navoiy shahri markaziy shifoxonasining terapiya bo`limi mudiri, Navoiy viloyati

Abralov Xakimjon Kabuldjanovich    -    Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bolalar tug`ma yurak nuqsonlari xirurgiyasi bo`limi mudiri 

Xudoyberdieva Mexrinisa    -    Piskent tumani ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi akusher-ginekologi, Toshkent viloyati. 

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Maxkamov Moxir Ergashevich    -    Qoraqalpog`iston Respublikasi bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining maslahat poliklinikasi shifokori

Nurmatova Shoira Oktyabrevna     -    U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi bosh shifokori 

Pardaeva Minavara Djalilovna    -    Surxondaryo viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining reanimasiya-anesteziologiya bo`limi shifokori 

Raximova Sharapat Salixovna    -    Toshkent shahri bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh shifokori

Ruzmetova Gularom    -    Xonqa tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limi bolalar shifokori, Xorazm viloyati 

Teshabaev Azimjon Xakimovich    -    Andijon tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Andijon viloyati 

Teshabaeva Sroya Nazirovna    -    Sirdaryo viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazining neonatologiya bo`limi mudiri

Toshev Egamberdi    -    Qashqadaryo viloyati ftiziatriya shifoxonasining jarrohlik bo`limi jarrohi

Yusupova Nasiba Avazovna    -    G`uzor tumanidagi 44-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Qashqadaryo viloyati.

I darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Abduraximov Shamshiddin Komilovich    -    Pop tumanidagi «Madadim Sino» xususiy nevrologiya shifoxonasi rahbari, Namangan viloyati

Azimova Saboxat  Burxonovna    -    Mirzacho`l tumanidagi «Ibn Sino izdoshi» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Amirkulov Baxtiyor Djumaevich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi elektrofiziologiya tekshiruvi va yurak aritmiyasining murakkab turlarini jarrohlik yo`li bilan davolash bo`limi jarrohi

Muxtarov Shuxrat Tursunovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori

Yuldashev Rustam Shavkatovich    -    Sirdaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Abduraxmanov Shuxrat Mansurovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali xirurgiya bo`limi mudiri 

Akbarov Shuxrat Umaralievich    -    Farg`ona tumanidagi 65-oilaviy poliklinikasi mudiri, Farg`ona viloyati 

Akramova Frangiza Qodir qizi    -    Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati direktori

Alidjanov Nazrulla Abdulbarievich    -    Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko`p tarmoqli klinikasi urologiya bo`limi mudiri 

Aripova Nazokat Boxodirovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining onkogematologiya bo`limi mudiri

Baltabaeva Sharban Djanabaevna    -    O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus harbiy gospitali terapiya bo`linmasi shifokori 

Burixodjaeva Surayyoxan Matlabxodjaevna    -    Toshkent shahridagi «M.Fedorovich klinik sanatoriysi» mas`uliyati cheklangan jamiyatibosh shifokori

Egitov Aziz Muratovich    -    Uchko`prik tumanidagi «Yigitov Clinic» xususiy shifoxonasi rahbari, Farg`ona viloyati

Qosimov Latif Shavkatovich    -    Oqqo`rg`on tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limi mudiri, Toshkent viloyati

Mansurov Shoxrux Karimovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali kardioreanimasiya bo`limi anesteziolog-reanimatologi 

Matkarimov Zoxidjon Turdalievich    -    Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarroh-transplantologi  

Miryunusov Mirnasir    -    Tibbiyot bosh boshqarmasining «Qibray» klinik sanatoriysi direktori

Nishonov Faxriddin Sayfullaevich    -    Zomin tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo`limi mudiri, Jizzax viloyati

Odilova Barno To`lkunovna    -    O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori 

Pulatova Ruqiya Ravshanovna    -    Navbahor tumanidagi «Dul-dul» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Navoiy viloyati

Sabirov Dilmurat Suyunovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar anesteziologiya va xirurgik reanimasiya bo`limi mudiri

Tursunova Diloram Alimovna    -    O`zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining vaksinalar va immunoprofilaktika bo`limi mudiri 

Xamidova Rakiya Akbaralievna    -    Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limi shifokori 

Xashimova Djamilya Xabibovna    -    Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining sud-gistologiya bo`limi mudiri 

Xodjaev Abduvaxid Valievich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining etakchi ilmiy xodimi 

Haqqulov Erkin Bekmurzaevich    -    Yunusobod tumanidagi «Yunusobod Medical» xususiy klinikasi bolalar jarrohi, Toshkent shahri 

Sharipova Feruza Babadjanovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali poliklinikasi onkoginekologi

Shodieva Yulduz Xudoyberdievna    -    Qarshi shahridagi «Dilshifo maskani» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati

Ergashev Baxtiyor Berdalievich    -    Respublika perinatal markazining neonatal xirurgiya markazi rahbari

Eshboev Abdulhakim To`laganovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali direktori 

«Do`stlik» ordeni bilan

Abbasova Gulnoz Isaevna    -    Guliston shahridagi 4-oilaviy poliklinikasi mudiri, Sirdaryo viloyati

Israilova Ashurxon Xakimovna    -    Quvasoy shahri ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi mudiri o`rinbosari, Farg`ona viloyati

Qudratov Fayzullo    -    Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining Sharg`un hududiy bo`limi boshlig`i, Surxondaryo viloyati

Mamadaliev Abduraxmon Mamatkulovich    -    Samarqand davlat tibbiyot institutining neyroxirurgiya kafedrasi mudiri 

Mambetmuratov Keunimjay    -    Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limi mudiri, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Oderiy Elena Vasilevna    -    O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy poliklinikasi jarrohi

Suraeva Marina Nikolaevna    -    Mirobod tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasining terapiya bo`limi mudiri, Toshkent shahri  

Soy Elena Sergeevna    -    Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassisi 

«Sog`lom turmush» medali bilan

Baymurzaeva Bibijamal Bekbergenovna    -    Chimboy tumanidagi 56-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Bobodjonov Baxrom Abdurasulovich    -    Bekobod tumanidagi 3-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Toshkent viloyati

Yorkulov Inatulla Eshmurzaevich    -    O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism tibbiyot punkti feldsheri

Qayumova Dilbarxon G`afarovna    -    Uychi tumanidagi «Axsi» oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Namangan viloyati

Mansurova Muyassar Bayramovna    -    Qorako`l tumanidagi 53-oilaviy poliklinikasi mudiri, Buxoro viloyati

Ruzibaev Rashid Yusupovich    -    Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali direktori, Xorazm viloyati 

Tilaganova Lolaxon Akbaralievna    -    Yunusobod tumanidagi 51-oilaviy poliklinikasining umumiy amaliyot bo`limi mudiri, Toshkent shahri  

«Shuhrat» medali bilan

Axunjanova Saida Sadikalievna    -    Mingbuloq tumanidagi «Do`msa» oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Namangan viloyati

Ashurov Begmat Umirovich    -    Oqdaryo tumanidagi «Oqdaryo tabobati» xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Samarqand viloyati

Bakirov Bekmurod Dilmurodovich    -    Bo`ston tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi jarrohi, Andijon viloyati

Bekova Nigara Tagripovna    -    Yuqori Chirchiq tumani ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati 

G`anieva Umida Abubakirovna    -    Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi katta hamshirasi, Farg`ona viloyati  

Davlatov Vaxobjon Xudoynazarovich    -    Zarafshon shahridagi «Vahob Denta Lyuks» xususiy klinikasi direktori, Navoiy viloyati

Daminov Bekzod Nuriddinovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali xirurgiya bo`limi shifokori, Jizzax viloyati

Ibragimov Razzak Umurzakovich    -    Nurobod tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo`limi mudiri, Samarqand viloyati 

Ibraximov Mo`min Xasanovich    -    Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasining ko`chma brigadasi shifokori 

Kalimbetov Nzamatdin Sharapovich    -    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog`iston filiali tez tibbiy yordam bo`limi bosh feldsheri

Kamilova Rano Abbasovna    -    Toshkent shahridagi «M.Fedorovich klinik sanatoriysi» mas`uliyati cheklangan jamiyatibosh hamshirasi

Mamatkulov Baxtiyar Saparovich    -    Boyovut tumani tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limi anesteziolog-reanimatologi, Sirdaryo viloyati 

Meliqulov Alisher Almardonovich    -    Toshkent shahridagi «Akfa Medline» mas`uliyati cheklangan jamiyatining kardioxirurgiya bo`limi boshlig`i

Mirzaraximova Zulfiya Xusanxodjaevna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-endokrinologi

Oltiev Nodirjon Avliyoqulovich    -    Olot tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo`limi mudiri, Buxoro viloyati 

Ochildieva Zebiniso Boboraxmatovna    -    Denov tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi katta hamshirasi, Surxondaryo viloyati 

Radjamatova Maxfuza Mamasalievna    -    Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasining reanimasiya bo`limi katta hamshirasi 

Raximova Saodat Daminovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali kardioreanimasiya bo`limi mudiri

Sodiqova Marxamat Xazratqulovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Jizzax filiali hamshirasi

Temirov Farxod Turopovich    -    Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi 

Xudayberganova Zuxra Oktamovna    -    Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh hamshirasi

Xudoyarova Manzuraxon    -    Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati

Eshankulova Matluba Taxirovna    -    Navoiy viloyati nogironligi bo`lgan shaxslarni reabilitasiya qilish va protezlash markazi shifokori

Yakubov Akmal Abdusamatovich    -    Toshkent shahridagi «Heart Team Clinic» mas`uliyati cheklangan jamiyati kardiologi

 

 

      O`zbekiston Respublikasi 

 Prezidenti    Sh.Mirziyoev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1