1

Umummilliy Konstitusiya imtihoni o`tkaziladi

Jamiyat 13.11.2021, 22:25
Umummilliy Konstitusiya imtihoni o`tkaziladi

Adliya vazirligi Konstitusiyaviy sud bilan xamkorlikda fuqarolarning Konstitusiya haqidagi bilimlarini sinovdan o`tkazish maqsadida umummilliy Konstitusiya imtihoni o`tkaziladi.

Imtihonda 15 yoshga to`lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin.

Imtihon quyidagi 2 bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich – test sinovi. 1 dekabr kuni soat 09.00 dan 13.00 gacha onlayn tarzda bo`lib o`tadi.

Buning uchun har bir ishtirokchi 8-dekabr.adliya.uz saytidan ro`yxatdan o`tishi kerak. Ro`yxatdan o`tish 15 noyabrdan 30 noyabrga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Test sinovi 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savoldan iborat.

Test savollarining barchasiga eng qisqa muddatda to`g`ri javob bergan ishtirokchilar orasidan 50 nafari tanlab olinib, ularning ijodiy savolga berilgan javoblari ko`rib chiqiladi.

Baholash natijasiga ko`ra eng yuqori ball to`plagan 10 nafar ishtirokchi navbatdagi bosqichga o`tadi.

2-bosqich – suhbat. Mazkur bosqich 8 dekabr – Konstitusiya bayrami arafasida tashkil etilib, bunda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi.

Yakunda eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g`olib deb topiladi.

Munosib nomzodlar bo`lmagan taqdirda hakamlar hay`atining qarori bilan g`oliblar aniqlanmasligi mumkin.

2-bosqich jarayonlari onlayn translasiya qilinadi.

G`oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

1-o`rin – 15 mln. so`m;

2-o`rin – 10 mln. so`m;

3-o`rin – 5 mln. so`m.

Shuningdek, imtihonga aholini keng jalb etish bo`yicha kurator sifatida volontyorlar ham ishtirok etishi mumkin. Bunda eng ko`p ishtirokchi jalb etgan 3 nafar volontyor maxsus esdalik sovg`alari bilan taqdirlanadi.

Imtihonda ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va barcha uchun ochiq.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1