Bugun, 15 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Bryussel shahrida Evropa Ittifoqining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Tomas Niklasson bilan muzokaralar o`tkazdi.
Suhbat chog`ida O`zbekiston va Evropa Ittifoqining afg`on inqirozini tinch yo`l bilan hal etish, shuningdek, mamlakatga tez fursatda insonparvarlik va boshqa yordam ko`rsatish borasidagi sa`y-harakatlari muhokama qilindi.
Tomas Niklasson O`zbekistonning Evropa Ittifoqiga a`zo davlatlar fuqarolarini Afg`onistondan evakuasiya qilishda ko`rsatayotgan yordamini yuqori baholadi hamda Afg`onistonda tinchlik va barqarorlikni o`rnatish, shuningdek, Termiz shahrida gumanitar xab tashkil etishda mamlakatimiz bilan kelgusida faol hamkorlik qilishdan manfaatdorligini bildirdi.
Tomonlar Afg`onistondagi mavjud vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatdagiyangi hokimiyatga nisbatan umumiypozisiyasini ishlab chiqish, Afg`onistonda gumanitar inqirozning oldini olish yuzasidan fikr almashdilar.
Afg`on muammosi bo`yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish yuzasidan o`zaro manfaatdorlik mujassamligi bildirildi






