AsosiySiyosat

NIOC kompaniyasi O`zbekistonda investision loyihalarni amalga oshiradi

'NIOC kompaniyasi O`zbekistonda investision loyihalarni amalga oshiradi'ning rasmi

O`zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsinxo`ja Abdurahmonov «Nippon Investment Operating Corporation» (NIOC)  kompaniyasi prezidenti Nabi Mamajan bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Uchrashuv chog`ida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi va amalga oshiralayotgan loyihalar bo`yicha muzokaralar olib borildi.

NIOC kompaniyasining biznes imkoniyalaridan kelib chiqib, yapon tomoniga O`zbekistonga to`g`ridan-to`g`ri investisiya kiritish orqali tashqi mehnat migrasiyasi, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, raqamlashtirish  tizimini rivojlantirish yo`nalishlarida ham qo`shma loyihalar amalga oshirish taklif etildi.

Yaponiyalik tadbirkor O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar natijalarini yuqori baholadi va NIOC kompaniyasining biznes yo`nalishlaridan kelib chiqib, respublikamizda loyihalar amalga oshirish bo`yicha izlanishlar olib borilayotganini ma`lum qildi.

Xususan, hozirda O`zbekiston mehnat resurslarini Yaponiyaga jalb qilish, tog`li va tog` oldi, sel va ko`chki xavfi mavjud hududlarda gabion usulida himoya ishlarini amalga oshirish bo`yicha qo`shma loyihalar bo`yicha kelishuvlar amalga oshirilgan.

Shu bilan birga, qishloq xo`jaligida suv tejaydigan va suvsizlikka chidamli texnologiyalarni respublikamizga olib borishda ham izchil hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi.  

NIOC rahbarining joriy yil noyabr oyi oxirida O`zbekistonga kutilayotgan tashrifi davomida manfaatdor vazirlik va idoralarning vakillar bilan uchrashuvlar o`tkazish to`g`risida kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar