20-21 noyabr kunlari Toshkentda qilichbozlikning sablya yo`nalishi bo`yicha yoshlar o`rtasidagi Jahon kubogi bo`lib o`tadi. Unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishadi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Reglamentga ko`ra, dastlabki kunda yakkalik, ikkinchi kunda jamoaviy yo`nalishda g`olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Bellashuvlar qizlar o`rtasida tashkil etiladi. Hozirgi kunga kelib, Rossiya, Polsha, Bolgariya, Qozog`iston, Misr, Ukraina, Ozarbayjon, Belarus mamlakatlari o`z sportchilarini ro`yxatdan o`tkazgan.
Qayd etish joiz, hamyurtimiz Zaynab Dayibekova ushbu yo`nalishda 2019 yilgi g`olib hisoblanadi. Bo`lajak musobaqada o`z unvonini himoya qiladigan sportchimizga omad tilab qolamiz.






