Respublika Gidrometeorologiya markazi mazkur hafta boshida O`zbekistonda harorat keskin sovib ketishidan ogohlantirmoqda. Bu haqda O`zgidromet Axborot xizmati xodimi Malohat Ro`zieva Zamon.uz 'ga ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 16 noyabr kuni O`zbekiston shimoliy hududlariga, 17-18 noyabrda esa respublikaning barcha hududiga Volga bo`yi orqali Rossiyaning Evropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Ba`zi joylarda kuchli shamol va qum bo`roni kuzatiladi.