O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga jo`nab ketdi.
Tashrif davomida davlat rahbarlari O`zbekiston – Rossiya hamkorligi rivojining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Muzokaralar yakuni bo`yicha O`zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o`zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.