AsosiyJamiyat

IIBB deputat ayol haqida tarqalgan behayo video bo`yicha tafsilotlarni ma`lum qildi

'IIBB deputat ayol haqida tarqalgan behayo video bo`yicha tafsilotlarni ma`lum qildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati deputati bo`lgan ayolning behayo tasvirlar aks etgan videosi tarqalgani bo`yicha turli muhokamalar paydo byuo`lmoqda. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB Axborrot xizmati ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Bo`stonliq tumani “Xumson” mahallasida yashovchi fuqaro viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilib, “Sarvar” va “Bahrom” ismli shaxslar tuman “Chorbog` go`zal bog`i” jamiyati hududida joylashgan dala hovlilarda ishratxona tashkil qilib, kunlik ijaraga berishini va u erda shaxslarni jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratilgani, tuni bilan ayrim axloqi buzuq shaxslar aholi tinchligini buzayotgani va bu nafaqat kattalar balki yoshlarga ham salbiy ta`sir qilayotganini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Ushbu murojaatga asosan joriy yilning 2 oktyabr kuni IIBB tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tekshiruv davomida, murojaatda ko`rsatilgan dala hovli ko`zdan kechirilgan. O`sha vaqtda ham xonadonda ikki nafar ayol, ikki nafar erkak kishilar borligi, ulardan, fuqaro F.B. (ayol) va D.Sh. (erkak) jinsiy aloqada bo`layotganligi aniqlangan.

Ular bilan o`tkazilgan suhbat davomida alkogol mahsulotlar iste`mol qilishganligi va ishqiy munosabatda bo`lish maqsadida kelganliklarini ma`lum qilganlar.

Hozirda mazkur jarayon aks etgan video tasvirning ijtimoiy tarmoqlardagi o`zaro yozishmalar orqali tarqalganligi holati yuzasidan qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda qayd etish joiz, bu kabi odob-axloq bilan bog`liq qonun buzilishi holatlariga qarshi viloyat IIBB tomonidan muntazam ravishda tezkor profilaktik tadbirlar o`tkazib boriladi.

Jumladan, joriy yilning o`tgan 10 oyi davomida Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan, Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan bog`liq – 100 ga yaqin, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 190-moddasi bo`yicha 50 dan oshiq holatlar aniqlanib qonunda belgilangan tartibda chora ko`rilgan.

Bugungi kunda ham viloyat bo`ylab tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar