AsosiyDunyo

Bolgariyadagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada yuz bergan yong`in oqibatida 3 kishi halok bo`ldi

'Bolgariyadagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonada yuz bergan yong`in oqibatida 3 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Bolgariyaning Sliven shahrida koronavirusga chalingan bemorlar shifoxonasida yong`in kelib chiqqan. Bu haqda TASS xabar berdi

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan yong`in oqibatida uch kishi, jumladan, 66, 70 va 81 yoshli keksa kishilar halok bo`lgan. Yong`inga bemorlardan birining tamaki qoldig`ini o`chirmagani sabab bo`lgani taxmin qilinmoqda. 

Aniqlanishicha, voqea kasalxonaning to`rtinchi qavatdagi palatada sodir bo`lgan. Palatada bo`lgan qolgan bemorlar evakuasiya qilingan. Voqea joyiga ikkita o`t o`chiruvchi mashina etib kelgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar