Armaniston poytaxti Erevan shahrida mina o`rnatilgan avtobus portlab ketdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.
Portlash Alabyan ko`chasida 63-sonli “Bogdan” avtobusida mahalliy vaqt bilan 21:51 da sodir bo`lgan.
Portlash oqibatida ikki kishi vafot etgan, etti kishi yaralangan.
Yaralanganlardan biriga tez tibbiy yordam ko`rsatilgach, uyga ruxsat berilgan, yana biri esa operasiya qilingan. Jabrlanganlar orasida homilador ayol ham bor. Uning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.
Halok bo`lgan ikki kishining shaxsi aniqlanmoqda.
Jabrlanganlar orasida xorijiy davlatlar fuqarolari yo`q.





