Xabaringiz bor, O`zbekiston U-15 terma jamoasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o`tkaziladigan CAFA U-15 turnirida ishtirok etadi.
Server Jeparov shogirdlari 10-16 noyabr kunlari poytaxtdagi "Chig`atoy" stadionida mashg`ulot o`tkazishdi.
Bugun esa ular Toshkent-Dushanbe havo reysi orqali Tojikistonga yo`l oldilar, deya xabar bermoqda UFA.
Qayd etilishicha, 19-23 noyabr kunlari Dushanbe shahrida o`tkaziladigan turnir davomida o`smirlar jamoasi Eron, Qirg`iz Respublikasi va Tojikiston U-15 terma jamoalari bilan bahs olib boradi.






