Shu kunlarda “Yangi imkoniyatlar sari” birinchi para sport festivali doirasida bir qator paralimpiya sport turlari bo`yicha O`zbekiston ochiq chempionatlari bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Kecha para pauerlifting va para velosport bo`yicha o`tkazilgan O`zbekiston ochiq chempionatlari o`z yakuniga etdi. Ushbu musobaqalarda 150 nafar sportchi g`oliblik uchun o`zaro bahs olib bordi.
Para velosport bo`yicha musobaqalarda quyidagi sportchilar g`olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:
C5 (erkaklar)
1.Abdullaev Azimbek
2. Yoyqochiev Boymurod
3.Hakimjonov Dostonbek
C4 (erkaklar)
1.Muslim Muttalimov
2.Masharipov Jasurbek
3.Raximboev O`lmasbek
C3 (erkaklar)
1.Polvonov Avazxon
2.Qurbonov Mirjalol
3.Manbetov Farxod
C2 (erkaklar)
1.Xayitmuhammedov Bunyod
2.Artikov Abror
3.Mirzayorov G`olibbek
Musobaqa g`olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, maxsus diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.






