AsosiySUG'DIYONA
9277

Ruhiy test: Umr yo`ldoshingizni bir qarashidayoq tushuna olasizmi?

Er va xotin o`rtasida samimiy va mustahkam munosabatlarni qanday o`rnatish kerak, umr yo`ldoshingizni bir qarashidayoq tushuna olasizmi? Turli ziddiyatlarsiz, tinch va xotirjam yashash uchun nima qilish kerak? Bu kabi savollar har bir oilali insonning xayolidan o`tishi tabiiy. Psixologlarning fikricha, buning uchun er va xotin birday harakat qilishi lozim. Agar bir tomon buni xohlab, ikkinchisi xohlamasa, munosabatlarni o`zgartirishning iloji yo`q. Munosabatlarda eng muhimi, muhabbat va bir-birini tushunish.

Ammo bu oson emas, faqat his-tuyg`ular bilan emas, aql bilan yashashni ham o`rganish lozim. Bundan tashqari, munosabatlarni saqlash uchun sabr qilishni ham o`rganish lozim ekan.  Ideal insonning o`zi yo`q, har kimning kamchilik va fazilati o`ziga yarasha. Ularga sabr qilish kerak, xolos. Munosabatlarga putur etkazadigan yana bir muhim jihat – umr yo`ldoshining qiziqishlariga ahamiyat bermaslik. Uning muammolari bilan qiziqing, shunda u o`ziga befarq emasligingizni his qiladi, bu sizlarni yanada yaqinlashtiradi. Oilaviy munosabatlaringiz qay darajada ekanligini tekshirib ko`rish uchun quyidagi savollarni tavsiya etamiz.  

Sizningcha, er-xotin munosabatlarida har doim bir-birini tushunishning iloji yo`q...
1 Ha, shunday. 
2 Buni ishonch bilan tasdiqlay olmayman.
3 Bu noto`g`ri fikr.

Oilaviy hayotingiz sizga:
 1 azob, tashvish, bezovtalik;
 2 bir nima deya olmayman;
 3 xursandchilik va mamnunlik bag`ishlaydi. 

Umr yo`ldoshingiz xarakterini o`zgartirishini xohlaysizmi? 
1 Ha, juda.
2 Javob berish qiyin.
3 Yo`q, hammasi o`z holicha qolgani yaxshi.

Sizningcha, umr yo`ldoshingizsiz hayotingiz birmucha engilroq kechardi, mustaqil bo`lardingiz. 
1 Ha, juda to`g`ri.
2 Balki, lekin ishonchim komil emas.
3 Yo`q, bunday emas. 

Sizsiz umr yo`ldoshingizning hayoti mazmunli bo`lmasdi, to`g`rimi?
1 Bilmadim.
2 Aniq ayta olmayman.
3 Albatta , bunga ishonchim komil.

Siz u bilan faxrlanasiz...:
1 Yo`q, unday emas.
2 Bir nima deyish qiyin. 
3 Ha, albatta. 

Sizningcha, oralaringizda baxtli munosabatlarga nima xalaqit beradi? 
1 Xarakteri menga to`g`ri kelmaydi.
2 Aniq bir narsa deyolmayman. 
3 Agar nimanidir sezsam, darhol o`sha to`siqni yo`qotishga kirishaman.  

Umr yo`ldoshingiz o`z kamchiliklarini tan oladi va o`rnini ortig`i bilan qoplay oladi... 
1 Yo`q.
2 Bilmadim. 
3 Albatta, buni uddalaydi.

Umr yo`ldoshingiz tez-tez ahmoqlik qiladi, o`rinsiz gapiradi, hazillari esa ko`p hollarda bemavrid bo`ladi... 
1 Ha, shunday.
2 Shunaqasiyam bo`lib turadi.
3 Yo`q, bunday deb o`ylamayman. 

Natija 
Javoblar oldidan berilgan raqamlar asosida ballaringizni hisoblang.  

24 dan kam: agar to`plagan balingiz 24 baldan kam bo`lsa, oilaviy munosabatlaringizni tahlil qilib, nimalarni o`zgartirishingiz kerakligini yaxshilab o`ylab ko`ring. Yuqorida keltirilgan savollarga yana bir bor e`tibor qarating va ularga asoslanib, qaysi jihitlarga ko`proq ahamiyat berishingizni belgilab oling. 

24 dan yuqori: to`plagan balingiz 24 yoki undan ko`p bo`lsa, siznnig oilangizda ajoyib muhit hukmron. Ayni  ayni hozirgi paytda munosabatlarni o`zgartirishga hojat yo`q. O`zaro munosabatlaringizni yanada mustahkamlashga harakat qiling. 

Internet materiallari asosida
MOHITOBON tayyorladi

Boshqa yangiliklar