AsosiyDunyo

Bangladeshda AQSh elchixonasi xodimi o`ldirildi

Dakkada (Bangladesh) bosqinchilik oqibatida AQShning xalqaro rivojlantirish agentligi xodimi Zulxaz Mennan o`ldirilgan. 

U shu bilan birga AQSh elchixonasida ham xizmat qilgan. AQSh hukumati Bangladeshdan qotil jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida kafolat berishni talab qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Dakka polisiyasi bosqinchilikni kurer qiyofasida Zulxaz Mennanning uyiga kirgan uch nafar terrorchi amalga oshirganligini ma`lum qilgan. Uning yonida bo`lgan gazeta muharririni ham terrorchilar ayab o`tirmagan va har ikkalasini o`ldirib ketishgan.

    Boshqa yangiliklar