Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt tez orada yangi shartnoma imzolaydi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Angliya Futbol Asssosiasiyasi Sautgeyt bilan shartnoma muddatini uzaytirish borasida muzokaralarga kirishgan. Kelishuv 2024 yilning yoziga qadar mo`jallangan.
Shartnoma muddatini uzaytirish orqali Garetning yillik maoshi 5 million evroni tashkil qiladi. Bu orqali Garet Evropada eng ko`p maosh oladigan mutaxassislardan biriga aylanadi.






