Rossiyaning Kurgan viloyatida daryoga qulagan velosipedchini qutqargan polisiyachilar mukofotlandi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Guvohlar ushbu voqeani videoga muhrlashdi. Velosipedchi suv bosgan ko`prikdan o`tayotganda muvozanatni yo`qotib, daryoga yiqilgan. Oqim uni o`zi bilan olib ketayotganda qirg`oqda navbatchilikda turgan ikki polisiya serjanti uni qutqarib qolgan.





