AsosiySport

FIFAning yangi reytingi: O`zbekiston Osiyoda 11-o`rinda

'FIFAning yangi reytingi: O`zbekiston Osiyoda 11-o`rinda'ning rasmi

FIFA rasmiy sayti noyabr oyidagi JCh-2022 saralash uchrashuvlari va rasmiy o`rtoqlik o`yinlaridan keyingi milliy jamoalarning yangilangan reytingini e`lon qildi.

Unga ko`ra, O`zbekiston milliy jamoasi bu safar ham 84-o`rinda qolgan. Milliy jamoamiz yozda JCh-2022 3-saralash bosqichiga chiqa olmagach, bir pog`ona pastlab 83-o`rindan 84-pog`onaga tushgan edi. Srechko Katanes qo`l ostida so`nggi uch oyda 4ta o`yinda 3 mag`lubiyat (Shvesiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1) va bir g`alaba (Malayziya 5:1) qayd etilishiga qaramay, O`zbekiston reytingda o`z o`rnini saqlab qolgan.

Osiyo mamlakatlari orasida Eron peshqadam (21-o`rin) bo`lsa, keyingi o`rinlardan Yaponiya (26), Janubiy Koreya (33), Avstraliya (35), Saudiya Arabistoni (48), Qatar (51), BAA (70), Xitoy (74), Iroq (75), Ummon (78) va O`zbekiston (84) qit`ada 11-o`rinda bormoqda. Bizdan keyin reytingda Osiyodan Suriya (85), Bahrayn (90), Iordaniya (91) va Livan (94) joy olgan.

Jahon reytingida hali hamon Belgiya peshqadam – 1-o`rin. Braziliya va Fransiya uchlikdan joy olgan bo`lsa, Angliya, Argentina, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya va Niderlandiya milliy jamoalari o`nlikdan joy olgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar