AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada 34 yil ichida birinchi marta 5 nafar egizak dunyoga keldi

'Janubiy Koreyada 34 yil ichida birinchi marta 5 nafar egizak dunyoga keldi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning Seul milliy universiteti kasalxonasida g`aroyib voqea kuzatildi. Bu haqda Yonhap  agentligi xabar berdi

Qayd etilishicha, 30 yoshli ayol 34 yil ichida birinchi marta besh nafar sog`lom bola dunyoga keltirdi. Undan 4 nafari o`g`il va yana biri qiz ekanligi aytilmoqda. 

Shifoxona bergan ma`lumotlarga ko`ra, ayol kesish yo`li bilan dunyoga keltirgan. Tug`ruq davomida 30dan ortiq tibbiyot xodimlari jarayonda ishtirok etgan. 

Ma`lum bo`lishicha, Janubiy Koreyada bu kabi holat oxirgi marotaba 1987 yilda kuzatilgan bo`lib, unda ham besh nafar bola dunyoga kelgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar