O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyaga tashrifini yakunlab Toshkentga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlarining uchrashuvida O`zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko`p qirrali hamkorlikni, shu jumladan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning dolzarb masalalari batafsil ko`rib chiqildi.
Avvalroq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiyaga tashrifi borasida ma`lumot bergan edik.