AsosiyJamiyat

“Chinor” YPX maskanida noqonuniy dori vositalari aylanmasiga chek qo`yildi

'“Chinor” YPX maskanida noqonuniy dori vositalari aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Joriy yilning 18 noyabr kuni soat 10:00 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi R.Imomaliev tomonidan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili tekshirish maqsadida to`htatilgan. Haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan P.J. o`zining ko`rinishi va xatti-harakatlari bilan xodimda shubxa uyg`otganligi sababli avtomobil ko`zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida avtomobil yukxonasida 17 xil turdagi, 108 quti dori vositalari noqonuniy olib ketilayotganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro P.J. va aniqlangan dori vositalar Ohangaron tumani IIBga topshirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar