1

O`zbekiston - Yaponiya tibbiyot sohasida hakorlik qiladi

Salomatlik 22.11.2021, 10:34
O`zbekiston - Yaponiya tibbiyot sohasida hakorlik qiladi

Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Tibbiy yordam tezkor va hammabop bo`lishi shart. Bugun O`zbekiston sog`liqni saqlash tizimi oldiga shunday talab qo`yilgan.  

Ammo so`nggi yillarda o`lim xavfi yuqori bo`lgan xastaliklar orasida ayrim nevrologik kasalliklar ko`rsatkichi barqaror oshib borayotgani xavotirli holat. Eng yomoni, yurtimizda bu yo`nalishda reabilitasiya tadbirlari darajasi pastligi va boshqa qator omillar aholi o`rtasida nogironlikning ko`payishiga olib kelayotgan edi.  

Shu sababli Prezidentimizning 2018 yil 30 avgustdagi qarori asosida Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilishi belgilandi. Yangi muassasa “diagnostika – aniqlash – davolash – reabilitasiya” tizimi asosida faoliyat yuritishi ko`zda tutilgan.  

Yaqinda O`zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligida yurtimizga ikki haftalik missiya bilan kelgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi(JICA)ning Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bo`yicha bo`limi direktori Sota Tosaka boshchiligidagi delegasiya vakillari ishtirokida ayni shu masalada muloqot tashkil etildi.  

Muzokaralar chog`ida  Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini qurish va jihozlash loyihasi konsepsiyasi muhokama etildi.  

Shu o`rinda savol tug`iladi: bu jarayonga nega aynan Yaponiya vakillari jalb etildi?  

Gap shundaki, innovasion tibbiy texnologiyalar va ilg`or diagnostika uskunalarini ishlab chiqarish hamda davolash usullarini qo`llash borasida “kunchiqar mamlakat” dunyoda peshqadamlar safida. Qolaversa, yapon mutaxassislarining bu sohadagi ilg`or va boy tajribasi biz uchun juda muhim.  

Uchrashuvda Sog`liqni saqlash vazirligi mutasaddilari O`zbekiston tibbiyoti tizimidagi har bir loyiha institusional o`zgarishlarni o`zida mujassam etishi, innovasion asbob-uskunalar bilan bir qatorda, ilg`or tajribalarni joriy qilish ham muhimligini ta`kidladi.

Bundan tashqari, istiqbolli loyiha shoshilinch tibbiy yordam muassasalarida diagnostika uskunalarini yangilash, yapon va o`zbek mutaxassislari o`rtasida o`zaro tajriba almashishni ko`zda tutadi.

Muloqot yakunida 2022-2026 yillarga mo`ljallangan loyiha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash bo`yicha qo`shma ishchi guruh tuzildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1