AsosiySport

O`zbekistonning eng kuchli para taekvondochilari aniqlandi

'O`zbekistonning eng kuchli para taekvondochilari aniqlandi'ning rasmi

"Yangi imkoniyatlar sari" birinchi para sport festivali doirasida o`tkazilayotgan O`zbekiston ochiq chempionatlarining navbatdagisi para taekvondo bo`yicha bo`lib o`tdi. Unda respublikaning turli xududlaridan tashrif buyurgan 54 nafar sportchi g`oliblik uchun bahs olib bordi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o`tgan musobaqada quyidagi sportchilar g`olib va sovrindorlar ro`yxatidan joy olishgan:

-49 kg (ayollar)

1.Ziyoda Isoqova;

2.Zarifa Boboeva;

3.Mashhura Bosimova, Zarinabonu Madrahimova.

+58 kg (ayollar)

1.Guljanoy Naimova.

-61kg (erkaklar)

1.Qudrat Shonazarov;

2.Abduqayum Komilov;

3.Qudrat Haydarov, Qudratilla Sunnatov.

-75 kg (erkaklar)

1.Javohir Aliqulov;

2.Asil Husanov;

3.Sanjar Muhtorov, Bexzod Jumaev.

+75 kg (erkaklar)

1.Asadbek Toshtemirov;

2.Ashraf Umarov;

3.Muhriddin Ortiqov, Otabek Mamatmurodov.

Yakunda musobaqa g`olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, maxsus diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishga.

    Boshqa yangiliklar