AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi

'O`zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar va o`limlar soni ortdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda 220 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.

2021 yil 24 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192175 (+219) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  

14 nafari Andijon viloyatida,

7 nafari Buxoro viloyatida,

5 nafari Jizzax viloyatida,

5 nafari Qashqadaryo viloyatida,

2 nafari Navoiy viloyatida,

11 nafari Namangan viloyatida,

16 nafari Samarqand viloyatida,

3 nafari Sirdaryo viloyatida,

2 nafari Surxondaryo viloyatida,

12 nafari Farg`ona viloyatida,

21 nafari Xorazm viloyatida,

42 nafari Toshkent viloyatida,

77 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

️Kecha kun davomida:

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar,

Andijon viloyatida 8 nafar,

Buxoro viloyatida 10 nafar,

Jizzax viloyatida 2 nafar,

Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,

Navoiy viloyatida 1 nafar,

Samarqand viloyatida 13 nafar,

Farg`ona viloyatida 14 nafar,

Xorazm viloyatida 22 nafar,

Toshkent viloyatida 82 nafar,

Toshkent shahrida 72 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 188860 (+228) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

️Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1389 nafarni tashkil qildi.

"Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko`tardi. Ayniqsa, Evropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa so`nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o`zgarayotgan bo`lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo`la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to`g`ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to`liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!",– deyiladi SSV axborotida. 

Boshqa yangiliklar