Xitoyning shimoli-sharqidagi provinsiyada kuchli qor bo`ronlari sodir bo`ldi. Bu haqda the watchers xabar berdi.
Qayd etilishicha, qor bo`ronlari Xeylunszyan va Szilin provinsiyalarida kuzatilgan. Ob-havoning keskin o`zgarib ketishi oqibatida Xarbin, Szilin va boshqa shaharlardagi maktab va bog`chalar vaqtincha yopilgan.
Jumladan, Szyamusi shahriga 42 santimetr qalinlikdagi qor yog`gan. Shahardagi 22ta avtomagistral yo`l yopilgan. Transport reyslari esa bekor qilingan.