1

Aviayuklarni tashishni elektron rasmiylashtirish platformasi “e- Freight” xalqaro standarti joriy etiladi

Jamiyat 28.11.2021, 09:48
Aviayuklarni tashishni elektron rasmiylashtirish platformasi “e- Freight” xalqaro standarti joriy etiladi

O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati ishtirokida  “e- Freight”  yuk tashuvlarini elektron rasmiylashtirish axborot platformasini joriy etish va elektron hujjatlardan foydalangan holda “yagona darcha” rejimida nazorat-tekshiruv funksiyalarini amalga oshirish masalalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Ta`kidlanishicha, bugungi kunda O`zbekistonda aviayuklarni tashish sohasida elektron hujjat aylanmasiga o`tishga hozirlik ko`rilmoqda. Qator vazirlik va idoralar vakillari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida o`tkazilgan ushbu seminar mazkur jarayonni amalga oshirish bo`yicha “yo`l xaritasi”ning birinchi bosqichi bo`ldi.  

“O`zbekistonga har kuni yuzlab tonna turli xil yuklar etkazib beriladi.  Yuklar bilan birga tonnalab hujjatlar ham kelib tushadi.  Bir tovar uchun o`rtacha 20 ga yaqin turli ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.  Elektron hujjat aylanmasiga o`tish nafaqat millionlab daraxtlarni saqlab qolish,  balki tovarlarni etkazib berish jarayonini soddalashtirish va tartib-taomillarni imkon qadar shaffof qilish imkonini beradi.  e- Freight – bu IATA tomonidan tavsiya etilgan va dunyoning ko`plab mamlakatlarida qabul qilingan xalqaro standart.  Mazkur platformaning O`zbekistonda joriy etilishi xorijiy logistika  kompaniyalari va aviatashuvchilar uchun aeroportlarimiz raqobatbardoshligi va jozibadorligini sezilarli darajada oshiradi”,  — deydi “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Ra`no Djuraeva.  

Seminar doirasida ekspertlar e- Freight standartini joriy etish bo`yicha xalqaro tajriba va natijalar,  davlat chegarasi orqali o`tish punktlarida nazorat-tekshiruv funksiyalarini amalga oshirish texnologiyasini o`zgartirish borasida talablar,  shuningdek aviatashuvlarga oid elektron hujjatlarni rasmiylashtirish va yuritish amaliyoti haqida so`z yuritdilar.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1