Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida YPX xodimi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan talabiga bo`ysinmagan haydovchining mashinasi oynalari sindirilgani aks etgan video tarqalgan edi.
Ushbu videotasvir yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
2021 yil 27 noyabr kuni Chiroqchi tumanida davlat raqami 70 D 083 FA bo`lgan Jentra rusumli avtotransport vositasi to`xtatilib, avtotransport vositasiga tegishli hujjatlar taqdim etilishi so`ralganda haydovchi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo`ysunmasdan ommani o`ziga jalb etib o`z boshimchalik bilan harakatlanib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv yakuni bilan qo`shimcha ma`lumot beriladi