1

Turmush o`rtog`ining xiyonatini kechirgan 7 mashhur ayol

SUG'DIYONA 28.04.2016, 18:08
Teglar: Ayol, Er-xotin
Turmush o`rtog`ining xiyonatini kechirgan 7 mashhur ayol

Aprel oyining oxirida Beyonsening 12 ta kompozisiyadan iborat Lemonade nomli qo`shiqlar albomi dunyo yuzini ko`rdi. Unda qora tanli go`zal turmush o`rtog`i reper Jey Zining xiyonatini qanday boshdan kechirganligi haqida to`lib-toshib kuylagan. “Lady.mail.ru” nashri turmush o`rtog`ining xiyonatini kechirgan mashhur ayollarni esga olishga qaror qildi.

Beyonse, xonanda

Turmush o`rtog`i — Jey Zi, reper
Bir necha yillardan beri matbuotda reper Jey Zining rafiqasi Beyonsega xiyonat qilishi haqida maqolalar chop etiladi. 2014 yilda ijtimoiy tarmoqda liftda reperni kaltaklayotgan Beyonsening singlisi videotasviri paydo bo`ldi. Aksariyat muxlislar qiz opasini himoya qilib, repernining xiyonati uchun kaltaklayapti deb o`ylashdi. Jey Zining taxminiy ma`shuqalari safida dizayner Reychel Roy va xonanda Rita Oralar bor edi. Beyonse bu mavzuda gapirishni, intervyu berishni istamadi. O`sha paytda hech kim vaqti kelib, u erining xiyonatini tan olishini, uni kechirishga kuch topa olishini, hatto bu haqda qo`shiq yaratishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi.

Vera Novikova, aktrisa

Turmush o`rtog`i — Sergey Jigunov, aktyor
“Mening betakror enagam” filmini suratga olish jarayonida bosh qahramonlar rolini ijro etgan aktyorlar Sergey Jigunov va Anastasiya Zavorotnyuk orasida muhabbat paydo bo`ldi. Sergeyning rafiqasi Vera bu haqda matbuot orqali xabardor bo`ldi. 2007 yilda Sergey Jigunov 20 yillik baxtli hayotga nuqta qo`ydi. Birovning baxtsizligi ustiga baxt qurolmagan Anastasiya Zavorotnyuk 2008 yilda Sergey Jigunov bilan ajrashadi. Ko`pchilik Vera Novikova Sergey Jigunovni endi kechirmaydi, deb o`ylagandi, ammo voqealar o`zgacha tus oldi. Verani uchratgan Sergey “Vera, sensiz qo`limdan hech nima kelmas ekan, agar qalbingda menga nisbatan ozgina muhabbat qolgan bo`lsa, balki hammasini boshqatdan boshlarmiz?” deydi. Sergey bilan ochiq suhbatlashgan Vera o`zida uni kechirishga kuch topa oldi va 2009 yilda ular qaytadan turmush qurishdi. 

Anjelika Varum, xonanda

Turmush o`rtog`i — Leonid Agutin, xonanda
2011 yilning avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda sarmast Leonid Agutinning uzun sochli, yoshgina qizdan bo`sa olayotgani tasvirlangan videolavha paydo bo`ldi. Muxlislar yulduzli oilaning ajrashib ketishini bashorat qilishdi. Bunday xiyonatga ko`z yumish Anjelika Varumga oson bo`lmadi. U oilasini saqlab qolishga harakat qildi. “Divanda o`tirgancha, bir-birimizga qarab ko`z yosh to`kdik va o`zimizni judayam baxtli his qildik”, deb yarashish onlarini eslaydi Leonid Agutin. Hozirda u Anjelikani o`zining ilhom parisi deb ataydi.

Xillari Klinton, siyosatchi

Turmush o`rtog`i — Bill Klinton, AQShning sobiq prezidenti
1998 yilda AQSh prezidenti Bill Klintonning Oq uyning 22 yoshli stajyori Monika Levinskiy bilan ishqiy munosabatda bo`lganligi ommaga oshkor etildi. Bu AQSh tarixidagi eng katta siyosiy janjalga sabab bo`ldi. Klintonni sudda noto`g`ri ko`rgazma berganlikda ayblab, hatto lavozimidan ozod qilishlariga bir bahya qoldi. Ammo Xillari Klinton ommani hayratga solib, erini himoya qildi, qo`llab-quvvatladi. “U o`zining hatti-harakati bilan g`azabimni keltirdi, meni erga urdi, ammo nima bo`lgan taqdirda ham u mening prezidentim. Uni jazolashga intilishayotgani, chegaradan chiqib ketish darajasiga etdi. Bill xiyonat qilgan bo`lsa menga va qizimiz Chelsiga xiyonat qilgan, u bizning oldimizda javobgar, davlat oldida emas. Bu haqda gapirish menga judayam og`ir”, deb intervyu bergandi Xillari Klinton CNN telekanaliga. Hozirgi kunda AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ygan bu kuchli ayol, avvaliga eri bilan ajrashish haqida o`ylagan, ammo ularni ko`p narsa bog`lab turishini hisobga olib, qo`sha qarishga qaror qilgan.

Sara Djessika Parker, aktrisa

Turmush o`rtog`i — Mettyu Broderik, aktyor
Sara Jessika Parkerning boshiga ham Anjelika Varumning kuni tushadi. 2008 yilda uning eri xiyonat qilayotgani haqida turli mish-mishlar bolalaydi. Uning xiyonatidan g`azablangan Sara besh yoshli o`g`li bo`lishiga qaramay, ajrashishga qaror qiladi. Ammo bunga kuch topolmadi. “Mening o`zimning turmushimni baxtli, omadli turmush deb hisoblay olmasam-da, baribir Mettyu bilan birgaligimdan ba`zan quvonaman, ba`zan esa afsuslanaman...” deb tan oldi Sara. Juftlik hammasini boshqatdan boshlashga harakat qilib, oilaviy psixologga qatnadi. Bu tezda o`z samarasini berdi, oilada tug`ilgan egizak farzandlar ham oilani saqlab qolishga sabab bo`ldi.   

Jessika Bil, aktrisa

Turmush o`rtog`i — Jastin Timberleyk,xonanda
Bugungi kunda Gollivudda Jastin va Jessika juftligidan boshqa ibratli oilani topish mushkul ish. Ular bu baxtga osonlik bilan erishmadi. Timberleykning xiyonati haqida matbuotda turli-tuman maqolalar chop etila boshlagani bois, juftlik 2011 yilda jurnalistlarning fikricha, xiyonat tufayli ajrashib ketadi. Ammo Jastin Jessikasiz yashay olmasligini tan olib, yana uning yoniga qaytdi. Ular uchrasha boshladilar va oradan bir yil o`tib, qayta turmush qurishdi.

Tatyana Bulanova, xonanda

Turmush o`rtog`i — Vladislav Radimov, futbolchi
90 yillarda mashhurlik cho`qqisiga chiqqan xonanda Tatyana Bulanovaning turmush o`rtog`i Vladislav Radimov Irina Yakovleva degan fitnes murabbiysi bo`lgan ayol bilan uchrashayotgani haqida xabar tarqaldi. Buni ayolning o`zi televidenieda berilgan tok-shouda tan oldi. Ko`rsatuvni tomosha qilgan, bu haqda maqolani o`qigan Tanya hech nimaga tushunmaydi, voqea mohiyatini tushungach esa, shok holatiga tushadi. Ammo Tatyana Bulanova ham yuqorida nomlari keltirilgan ayollar kabi oilasini saqlab qolishga harakat qildi va turmush o`rtog`ining xiyonatini kechirdi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1