AsosiyIqtisodiyot

Microsoft rahbari kompaniyadagi aksiyalaridan yarmini sotib yubordi. Sababi...

'Microsoft rahbari kompaniyadagi aksiyalaridan yarmini sotib yubordi. Sababi...'ning rasmi

Microsof bosh direktori Satya Nadella o`ziga tegishli kompaniya aksiyalarining yarmini sotdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Nadella ikki kun ichida 1,7 million dona aksiyasidan 838 ming 584 donasini 285 million dollarga sotgan. 

Bunga sabab Vashington shtati kelasi yildan boshlab yiliga 250 ming dollardan ortiq bo`lgan kapitalga soliq joriy etishni rejalashtirgan. Bu esa yirik milliarderlarning aksiyalarini sotishiga sabab bo`lmoqda. 

Ma`lumot uchun, Nadella Microsoft kompaniyasiga 2014 yildan buyon rahbarlikni qo`lga olgan. Bugungi kunga kelib kompaniyaning kapitalizasiyasi 2,5 trln dollardan oshadi.

Boshqa yangiliklar