O`zbekistonda yangi ko`rinishdagi 50 ming va 100 ming so`mlik banknotlar chiqarilishi kutilmoqda. Bu ma`lumotni Markaziy bank matbuot xizmati “Kun.uz”ga tasdiqladi.
Yangi ko`rinishdagi pullar qachon chiqarilishi ma`lum emas.
“Chiqishga yaqin qolganda xabar beramiz. Batafsil ma`lumotlar e`lon qilinadi”, – dedi MB raisining matbuot kotibi Akmal Nazarov.