O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati yangi haftada respublikada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun respublika hududi bo`yicha quruq va o`rtacha iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati 9-14° iliq bo`ladi.
Seshanba va chorshanba kunlari Qozog`iston hududi bo`yicha nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat O`zbekistonning harorat foniga ta`sir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 0-5° iliq, kunduz kunlari 9-14° iliq atrofida saqlanib turadi.
Payshanba va juma kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5° iliq, ba`zi joylarda 2° sovuqqacha atrofida bo`ladi, kunduz kunlari 15-17° iliqqacha ko`tariladi.
8 dekabrda shimoliy tumanlarda, 9-10 dekabrda O`zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, tuman tushishi mumkin.