AsosiyIqtisodiyot

Hindiston O`zbekiston ta`lim sohasi uchun 448 mln. dollar ajratadigan bo`ldi  

'Hindiston O`zbekiston ta`lim sohasi uchun 448 mln. dollar ajratadigan bo`ldi   'ning rasmi

Bu haqda  O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari va Hindistonning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabhatlarning uchrashuvida ma`lum qilindi.

O`zbekiston investisiyalar va tashqi savdo vazirligining xabar berishicha, uchrashuvda  savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikka qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibi ko`rib chiqilgan.

Shuningdek, qayd etilishicha, muloqot davomida moliyaviy-texnik hamkorlik sohasiga ham to`xtalib o`tilgan.

"Tomonlar Hindiston Eksimbanki tomonidan O`zbekistonda infratuzilmaviy rivojlanish va ta`lim sohalarida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirish uchun 448 mln. dollar miqdorida mablag`lar ajratilishini olqishlab, ushbu loyihalarni amalga joriy etish borasida birgalikda ishlashga kelishib oldilar",-deyiladi xabarda.

Shuningdek, Hindistonning grant mablag`larini jalb qilish hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan IT, sog`liqni saqlash va ta`lim sohalarida ijtimoiy yo`naltirilgan yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish bo`yicha ishlarni jadallashtirishga kelishilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar