1

O`zbekistondagi kapitalizasiyasiga ko`ra eng qimmat banklar nomi ma`lum bo`ldi

Iqtisodiyot 18.12.2021, 14:51
O`zbekistondagi kapitalizasiyasiga ko`ra eng qimmat banklar nomi ma`lum bo`ldi

O`zbekiston banklari aksiyalarining kapitalizasiyasiga ko`ra tahlili e`lon qilindi. Unga ko`ra, Trastbank kapitalizasiyasiga ko`ra O`zbekistondagi eng qimmat bank sifatida qayd etildi. Tegishli statistika Respublika fond birjasi ma`lumotlarini tahlil qilgan KorpInfo telegram kanalida ma`lum qilingan.

Kapitalizasiyasiga ko`ra, eng qimmat banklar "etakchi uchligi"ga Trastbank (4,17 trln. so`m), O`zsanoatqurilishbank (3,17 trln. so`m), Ipoteka-bank (3,14 trln. so`m) kirgan.

Umumiy ro`yxatda jami 17 ta bank bo`lib, eng oxirgi o`rinlarda Turkistonbank (117,49 mlrd. so`m), Madad Invest Bank (100,0 mlrd. so`m), Ravnaq-bank (100,0 mlrd. so`m) qayd etildi 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1